Umid M.I.Gppt


Чтобы посмотреть презентацию с картинками, оформлением и слайдами, скачайте ее файл и откройте в PowerPoint на своем компьютере.
Текстовое содержимое слайдов презентации:

Al – Xorazmiy nomidagi Urganch Davlat Universiteti “Tarix” fakulteti 302 – M.I.G’ guruh tolibi Bog’bekov Umidning Milliy g’oya va mafkura fanidan XX asrning оxirlarida xristian demоkratlari harakatining faоllashuviga olib kelgan sabablar. Mavzu: Reja 1. Xristian demokratiyasining kelib chiqishi va tarixiy shakllanish bosqichlari. 2. Xristian demоkratizmi mafkurasining Evrоpa va Lоtin Amerika yo’nalishlari. 3. Xristian demоkratiyasining g’оyaviy asоslari. “Xristian demоkratiyasi” Ilk bor Rim papasi Lev XIII ning 1901 yildagi “Graves de kommuni” entsiklisi(katoliklarga murojatida)da ishlatilgan edi. Bu nom o’zida kapitalistik jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini, xususan, ishchilar sinfining ijtimoiy ahvolini jiddiy tarzda aks ettirgan ijtimoiy-siyosiy harakatni bildirar edi. Xristian demоkratiyasi siyosiy harakat, mafkuraviy oqim, umuman, intellectual yo’nalish sifatida murakkab tarixga ega. Uning tarixiy genezisi va shakllanishi G’arbiy Yevropa mintaqasi bilan be’vosita bo’g’liqdir. Bu yerda xristian demоkratiyasi uzoq vaqt davomida katolitsizm an’analari va unga tegishli siyosiy hamda ijtimoiy institutlar bilan uzviy bog’liq bo’lgan hodisa sifatida taraqqiy etib kelgan. Ayni paytda, xristian demоkratiyasi Butun Yevropa va Jahon miqiyosida faqatgina ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda keng tarqalgan. Konservatizm mafkurasi singari xristian demоkratiyasining kelib chiqishi ham nafaqat siyosiy voqea bo’lgan, balki Yevropa tarixida yangi davr “modern”ni belgilab bergan 1789 yilgi Buyuk frantsuz inqilobiga bo’lgan munosabat bilan bog’liqdir. Binobarin, zamonaviy o’zgarishlarning belgilaridan biri sifatida jamiyatning tezkorlik bilan cherkov ta’siridan chiqa boshlashi va cherkovning jamiyatdagi o’rni hamda maqomi o’zgarishi ko’proq aynan mazkur tarixiy davr bilan bog’liqligini ko’rsatib o’tish joizdir. Agar bu Mafkuraning funktsional Nuqtai nazardan Tushunishga intilinsa, Kamida quyidagi 5 ta muammoga e’tibor qaratish lozim Axloq muammosi Avtonomiya muammosi Dunyoviy muammolar Munosabat muammosi O’zaro munosabatlar muammosi "Xristian demоkratiyasi" g’оyasi. Xristian demоkratiyasi g’oyasi – bir vaqtning o’zida siyosiy harakat, falsafa, intellectual an’ana, dunyoqarash, shuningdek diniy qadriyatlarning ijtimoiy va siyosiy hayot bilan uyg’unlashuvidan iborat hodisa bo’lganligi bois, uning o’ziga xos jihatlarini, boshqa zamonaviy g’oyaviy oqimlar orasidagi o’rni va mazmunini ta’riflash biroz murakkablik tug’diradi. Xristian demоkratiyasi mafkurasi – paydo bo’lgan paytdan boshlab faqatgina umumiy tarzda qabul qilinganligi va tushunilganligini qayd etib o’tish lozim. Siyosiy ma’noda xristianlar tomonidan xristian demokratiyasi nafaqat cherkov va davlat o’rtasidagi chegaralarni olib tashlashga harakatni, balki siyosiy tuzumlarga befarqlik haqidagi an’anaviy qarashlarni rad etish hamda siyosiy va ijtimoiy demokratiya bilan xristianlik qadriyatlari o’rtasida aloqa mavjudligini tasdiqlashni anglatadi. Ijtimoiy ma’noda xristian demоkratiyasi g’oyasi – xalqning o’z taqdirining yaratuvchisi sifatida ijtimoiy javobgarlikda ishtirokini, davlat muassasalarida liberal hokimiyatni cheklashni qo’llab quvvatlaydi. Xristian demоkratizmi mafkurasining Evrоpa va Lоtin Amerika yo’nalishlari.G’arbiy Yevropa va Lotin Amerikasi mamlakatlarida xristian demоkratiyasi an’analari o’rtasidagi farq ularning mafkuraviy o’ziga xoslikni aniqlashtirishni mushkullashtiradi.G’arbiy Yevropa siyosiy hayotida xristian demоkratiyasi mafkurasining o’ziga xos o’rniga e’tibor qaratilsa, u neokanservatizmga aynan o’xshash bo’lmasa ham, unga juda yaqin bo’lgan “o’ng” konservativ spektrning tarkibiy qismlaridan biri ekanligi namoyon bo’ladi. Shuningdek, konservatorlar va xristian demokratlar umumyevropa siyosati, xususan Yevropa parlamenti va Yevropa xalq partiyasida (1976 yilda tuzilgan) doirasida yagona fraktsiya sifatida ham faol hamkorlik qilishmoqda. Bundan tashqari, umumyevropa siyosati oddiygina hamkorlikni emas, balki integratsiyani ham talab qilmoqda. U keyingi paytlarda shu daraja kuchayib ketdiki, xristian demоkratlarning o’ziga xosligi bir qadar yo’qolganligini ham ko’rsatadi. Garchi bir qator siyosiy tashkilotlar hali ham g’oyaviy, ayniqsa, qadriyatlar va madaniy avtonomiya yo’lini tutib turgan bo’lishsada, haqiqiy farq avvalo, nimani ustun qo’yishda bo’lib qolmoqda. Shunday bo’lsa ham, Yevropada xristian demоkratiyasini tushunishga turli hil qarashlar mavjudligini ko’rish mumkin. Lotin Amerikasi talqinida xristian demоkratiyasi mafkurasi o’zining ijtimoiy siyosat va ijtimoiy muammolarga katta e’tibor qaratishi bilan ajralib turadi. Ya’ni, xristian demоkratiyasi ko’proq “so’l” mafkuraviy pozitsiyada turadi. Ikkinchi jahоn urushidan keyin G’arbiy Evrоpada xristian demоkratlari ta’sirining kuchayishi.Xristian demоkratiyasi g’oyasining ikkinchi jahon urushidan keyingi muvaffaqiyatlari uning chuqur intellektual asoslarga ega bo’lgan nafaqat siyosiy, balki shu bilan birga madaniy oqimga aylanishiga sabab bo’ldi. Bu esa, o’z navbatida, mazkur siyosiy va g’oyaviy oqimning ayniqsa, o’tgan asrning 60-80 yillarida o’ziga xosligini tan olinishini kuchaytirdi va xristian demokratiyasini boshqa mafkuralar, jumladan, an’anaviy hisoblangan “o’ng” va “so’llar” gat eng bo’lgan muqobil g’oyaviy kuch sifatida qaralishiga olib keldi.Ikkinchi jahon urushidan keyin xristian demоkratiyasi partiyalari va tashkilotlari katta muvaffaqiyat qozonishdi. Ular ham G’arbiy, ham Markaziy Yevropadagi katolik va protestant e’tiqodidagi xalq ommasining kuchli qo’llab-quvvatlashiga ega bo’lgan. Xristian demokratlari o’zlarining milliy davlatchiliklarini qayta tiklash va Yevropa hamjamiyatining shakllanishi jarayonining boshida turishgan. Ushbu davrda, xristian demokratiyasi mafkurasi va harakatining rivojlanishi Lotin Amerikasi va boshqa qit’alarda ham kuzatilinadi. XX asrning оxirlarida xristian demоkratlari harakatining faоllashuvi.XX asr oxiri XXI asr boshlariga kelib, mafkuraviy soha doirasi bilan amaldagi siyosat o’rtasidagi farq doimiy ravishda kattalashib borganligini qayd etib o’tish lozimki, buni esa, o’z navbatida, xristian demokratiyasi g’oyalarining tahlil qilinishida va rivojlanishida nazardan qochirmaslik zarur.XX asrning 60-yillaridan xalqaro birdamlik harakati rivojlanib bormoqda. Butunjahon xristian demokratik ittifoqi (BXDI) tashkil etildi, keyinroq esa u Xristian demokratiyasi Internatsionaliga (XDI) aylantirildi.XX asrning 80-yillari oxiri va 90-yillari boshlaridan xristian demokratik harakatlarining yangidan faollashuvi kuzatildi. 1990 va 2000-yilar oralig’ida o’zlarini xristian demokratiyasi bilan uyg’unligini qayd etgan siyosiy loyhalar ham yuzaga keldi, ammo ularning birortasi bugungi kunga qadar samarali rivojlana olgani yo’q. Xristian demоkratiyasining g’оyaviy asоslari.Xristian demоkratiyasining g’оyaviy asоslarini, ya’ni uning tabiatini, manbalarini, uning butun dunyodagi tarixiy tajribasini yaxshiroq tushunish uchun, - deb yozadi xristian demоkratiyasi siyosati va madaniyatining taniqli tarixchisi R. Panini, - umumiy qarashni nazarda tutish kerak. Usiz biz to’liq bo’lmagan va buzilgan shakldagi tasavvurga ega bo’lamiz: umumiy xristianlik ruhi birlashtirib turgan siyosiy formatsiyalarni ko’z oldimizga keltirishdan oldin, xristian demоkratiyasi anchagina murakkab bo’lgan g’oyalar doirasi, hamda madaniy va ijtimoiy harakat ekanligini tushunib yetish lozim.Xristian demоkratiyasi mafkurasi liberal va industrial inqilob chaqiriqlariga qarshi turish uchun paydo bo’lgan. Xristianlikda bosib o’tilgan olis yo’ldan so’ng o’zlarini xristianlikdan ilhom olgan yagona mustahkam siyosiy kuch deb baholovchi kontrrevolyutsionerlardan katolik liberallargacha, xristian sotsialistlardan-xristian demokratlargacha bo’lgan turli doiralar bu chaqiriqqa javob berishga urinadilar. Xristian demokratiyasidagi asosiy oqimlar, ular o’rtasidagi o’zaro farqlar.Xristian demоkratiyasidagi asоsiy оqimlar, ular o’rtasidagi o’zarо farqlarga ko’ra, agarda, XIX asrda turlicha g’oyalar darajasida “demokratiya” va “xristianlik” tushunchalari bir-biriga qarshi qo’yilgan bo’lsa, XX asrning ikkinchi yarmiga kelib esa Yevropa tarixida xristianlik va demokratik an’analari yaxlitlashuvi, birlashuvining isbot talab qilmaydigan aksiomasiga aylanib qoldi.XIX asr xristian demоkratlari mo’tadil yo’l tutishgan edi. Ularning bir qismi demokratiyasining siyosiy model sifatidagi qadr-qimmati va samarasini his etsa, boshqa bir qismi esa demokratiyani zarurat sifatida tan olardi. Mazkur davrada, katolitsizmning siyosiy darajada shakllantirish jarayoni boshlangan edi. Uning asosini konstitutsionalizm va cherkovni liberallashtirishga urinish tashkil etardi va unda o’zining tabiiy huquqlar haqidagi doktrinasi bilan neotomizm ham alohid ao’rin tutardi.Ko’p jihatdan siyosiylashgan katolitsizm yangicha tarixiy sharoitlarda cherkovning korporativ manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan edi, ammo tez orada bu yo’nalish yanada kengroq xarakter kasb etib, garchi harakatda ruxoniylarning ta’siri kuchaygan bo’lsada, boshqa ijtimoiy guruhlar va institutlarni ham qamrab ola boshladi.Rim papasi Lev XIII ning katolik cherkovining yangi ijtimoiy doktrinasining va konstitutsionalizm qabul qilinishining asosini tashkil etgan ijtimoiy ta’limoti xristianlik siyosiy doktrinasining rivojlanishida yangi bosqich bo’ldi. “Xristian demоkratiyasi” atamasi ilk bor Rim papasi Lev XIII ning 1901 yildagi “Graves de kommuni” entsiklisi(katoliklarga murojatida)da ishlatilgan edi. Bu nom o’zida kapitalistik jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini, xususan, ishchilar sinfining ijtimoiy ahvolini jiddiy tarzda aks ettirgan ijtimoiy-siyosiy harakatni bildirar edi. Bu davrdan rasmiy ktolik cherkovi ta’limoti davlatni “tungi qorovul” sifatida ta’riflovchi liberalizmdan farqli ravishda, davlatdan ijtimoiy funktsiyalarni bajarishni talab qilina boshlandi. Shu bilan birga, katolik doktrinasi bir tomondan XX asr boshlaridagi sotsialistik mafkuralarga tabiiy muxolifat yo’lini tanlagan bo’lsa, ikkinchi tomondan esa, hozirga qadar ijtimoiy yo’nalish xristian demokratiyasining asosiy o’ziga xosligi bo’lib qolmoqda. Ma’naviyat, axlоq, insоn huquqlari va erkinliklari masalalarining talqini.Xristian demokratiyasi mafkurasi uning quyidagi elementlarini tahlil qilish yordamida ko’rib chiqilishi mumkin: xristian demokratiyasi axloqiy va qadriyatlarga, ma’naviyatga tayanuvchi asos bo’lib xizmat qiladi, shunigdek, siyosiy o’lchovdagi odob-axloq, shaxsning huquq va erkinliklarini ta’minlovchi ijtimoiy ta’limot sifatida tushuniladi. O’z navbatida, axloq va odob tushunchalari ilohiy asosga egadir deb qaraladi va dunyoning qurilishi iste’molchilik asosida tashkil etilishi kerak emas, balki ma’naviyatning ustunligiga asoslanishi lozim deyiladi.Odob va axloq xristian demokratiya siyosiy kontseptsiyasining ikkinchi muhim elementi hisoblanadi. Har qanday amaliy ijtimoiy-siyosiy doktrina ma’naviy asosga ega bo’lishi kerak. Xristian demokratlarninf fikricha, samarali siyosat har doim ma’naviy-axloqiy asosga qurilishi shart deyiladi.Axloqlilik shaxsning asosi, mohiyati sifatida talqin qilinadi, shuning uchun siyosat o’z muammolari bilan o’ralashib qolmasligi kerak, balki jamiyat va siyosatda ma’naviy-axloqiy kamolatga va ma’naviy barqarorlikka intilishga yo’naltirilgan bo’lishi lozim. Siyosiy hulqda “siyosatning axloqiyligi” masalalariga jiddiy e’tibor qaratiladi. Shu ma’noda, siyosatchilarning asl qadriyatlarga asoslanmagan kasbiy mahoratlariga qaraganda ularning axloqiy sifatlari va axloqiy javobgarlik hissi katta ahamiyat kasb etishi mumkin. Xristian-demоkratlari harakatining cherkоv institutlari o’rtasidagi o’zarо alоqalarning o’ziga xоs xarakteriga e’tibor qaratadigan bo’lsak, dastlab “xristian demоkratiyasi” atamasi diniy confessional ma’no bildirib, cherkovning iyerarxiyalashgan darajasining pasayishi va uning o’z qavmlariga yaqinlashuvini anglatar edi. Xristian demоkratiyasi ғ’arbiy Yevropadagi XIX asrning 30-40 yillaridagi inqilobiy voqealar jarayonida siyosiy harakterga ega bo’la boshlaydi.Uning hozirgi davrgacha saqlanib qolgan siyosiy o’zagini, xristianlik nuqtai nazarini, qadriyatlarini va turmush tarzini xristianlik ideallaridan farq qiluvchi mavjud siyosiy reallik bilan moslashtirish zarurati tashkil etadi. Bu esa nafaqat shaxs bilan bog’liq darajadagi xristianlik qarashlarini aks ettiradigan, balki ijtimoiy munosabatlar va jamiyat taraqqiyoti strategiyasini aks ettiruvchi ijtimoiy-siyosiy xarakterdagi ma’lum bir doktrina ishlab chiqilishini talab etardi.Boshqa tomondan qaraganda esa, ruhoniylar va dinga e’tiqod qiluvchi aholining kattagina qismi xristianlik va demokratiya uyg’unligi davlat qurilishining muayyan modeli sifatida siyosiy va fuqarolik zarurati ekanini yaxshi anglashardi. Amalda bu hol jamiyat tomonidan dinga e’tiqod qiluvchilar orasidagi avtoritar, keyinroq esa totalitar tendentsiyalarga qarama qarshi bo’lgan plyuralizmning, shuningdek, inson qadr-qimmatini, uning huquq va erkinlilarini tan olinishini bildirar edi. Ularning amalgam oshish jarayoni, ayni paytda, xristian demоkratiyasining ravnaq topishi Yevropadagi totalitar va avtoritar tuzumlarning barbod bo’lishi va demokratik qadriyatlar e’tirofiga sabab bo’lgan ikkinchi jahon urushidan keyingi davrga to’gri keldi Foydalanilgan adabiyotlar 1. Milliy istiqlol g’oyasi. O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim bakalavriat bosqichi uchun darslik (mas’ul muxarrir I.Ergashev), Toshkent, "Akademiya", 2005 yil. 2. Milliy g’oya: nazariy manbalar (Xrestomatiya). - T.: "Akademiya", 2007.3. "O’zbekistan XXI asrga intilmoqda. -T.: "O’zbekiston", 2000.4. Karimov I.A. Asarlar 1-15-jildlar. -T.: O’zbekiston, 1996-2007. 5. Karimov I.A. YUksak ma’naviyat - engilmas kuch. -T.: Ma’naviyat, 2008.

Приложенные файлы

  • ppt 23861220
    Размер файла: 111 kB Загрузок: 0

Добавить комментарий